24.11.2026, Seshanba+12.2°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+12.2°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

Afsonalar va haqiqat: Amir Temur Urgançni vayron qilib, arpa ektirganmi? (+video)

Boshqa 24.11.2026 15:56 0Uza
Afsonalar va haqiqat: Amir Temur Urgançni vayron qilib, arpa ektirganmi? (+video)

Amir Temur haqida gap ketganda, fikrlar turliça. Kimdir uni mohir sarkarda, ulkan saltanat asosçisi va bunyodkor hukmdor sifatida eʼtirof etadi. Boşqalar esa uning harbiy yurişlari va vayron qilingan şaharlarni eslaydi. Sohibqiron nomi bilan boğliq ayrim rivoyatlar asrlar davomida oğizdan oğizga ötib kelgan va bugun ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqalmoqda. Şulardan biri 1388-yilda Urganç vayron qilinib, şahar örniga arpa ekişga buyruq berilgani haqidagi hikoyadir.

Nizo qanday boşlangan?

XIV asrning ikkinçi yarmida Amir Temur Movarounnahrda öz hokimiyatini mustahkamlab, hududlarni birlaştirişga kirişgan edi. Xorazmda esa Qönğirot uruğidan çiqqan Söfiylar sulolasi hukmronlik qilardi. Xorazm hukmdori Husayn Söfiy Çiğatoy ulusiga tegişli hisoblangan Kat va Xiva şaharlarini öz nazoratiga olgan, Amir Temur esa ularni qaytarişni talab qilgan edi. Demak, mojaroning dastlabki sababi hududiy daʼvolar va mintaqadagi siyosiy ustunlik uçun kuraş bölgan.

Beş yuriş va bir neça sulh

Amir Temur 1372-yilda Xorazmga birinçi yurişini boşlagan. Kat egallangaç, Husayn Söfiy Gurganjga çekinadi. Uning vafotidan söng hokimiyatni egallagan ukasi Yusuf Söfiy sulh tuzişga erişadi, biroq bu kelişuv uzoqqa çözilmaydi. 1373-yilgi ikkinçi yurişga Temur xizmatidan norozi bölib, Xorazmga qoçib ötgan amirlar sabab bölgan. Bu safar ham mojaro jang bilan emas, muzokara va sulh bilan yakunlangan. Yaʼni yurişlar faqat hudud egallaş bilan boğliq bölmagan. Qoçoq amirlar masalasi, siyosiy böysuniş va hukmdorlar örtasidagi işonçsizlik ham ziddiyatni kuçaytirgan. 1375-yilgi uçinçi yuriş Movarounnahrda boşlangan isyonlar sababli töxtatilgan. 1379-yilda esa Gurganj qamal qilingan, tomonlar yana sulh tuzgan, munosabatlarni sulolaviy nikoh orqali mustahkamlaşga ham uriniş bölgan.

1388-yil: nega bu safar murosa bölmadi?

1380-yillarga kelib Amir Temur bilan Oltin Örda hukmdori Töxtamiş örtasidagi munosabatlar keskinlaşgan. Xorazm hukmdorlarining Temurga qarşi kuçlar bilan aloqalari masalani davlat xavfsizligi va şimoliy çegaralardagi tahdidlar darajasiga olib çiqdi. 1388-yilgi beşinçi yuriş avvalgilaridan farqli ravişda murosa bilan yakunlanmadi: Gurganj egallandi va vayron qilindi. Öşa davrda Gurganj Xorazmning yirik savdo va hunarmandçilik markazlaridan biri edi. Şu bois uning vayron qilinişi şaharning iqtisodiy va madaniy hayotiga oğir zarba böldi. Tarixiy tadqiqotlarda bu voqea Xorazmning keyingi taraqqiyotiga jiddiy taʼsir körsatgan hodisalardan biri sifatida baholanadi.

Arpa haqidagi hikoya: fakt va afsona


Arpa ekiş haqidagi hikoya köpinça Sohibqironning şafqatsizligini körsatiş uçun keltiriladi. Ammo biror voqeaning keng tarqalgani uning barça tafsilotlari işonçli manbalar bilan tasdiqlanganini anglatmaydi. Şahar vayron qilingani haqidagi maʼlumot bilan aynan arpa ekiş buyruği berilgani haqidagi daʼvoni alohida tekşiriş zarur. Bu savolga temurşunos olim videomaterialda batafsil javob beradi. Tarix afsonalarni takrorlaş emas, haqiqatni izlaşdir. Ötmişni anglaş uçun işonçli manbalar, xolis tahlil va tarixiy tafakkur zarur.

Tarixni afsonalar emas, dalillar bilan anglaylik.

Mehrojiddin Umurzakov, Oybek Davronov, ÖzA

O‘xshash yangiliklar