24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

“Qalpoq”dagi Farmon — Muxtor Halimov yangi avtomobil xarid qildi

Madaniyat 24.11.2026 13:46 0Zamin
“Qalpoq”dagi Farmon — Muxtor Halimov yangi avtomobil xarid qildi

Xalqimizga “Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvidagi Farmon obrazi orqali yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Muxtor Halimov yangi avtomobil egasiga aylandi.

El suygan san’atkor o‘z mehnati samarasi o‘laroq yangi qora rangli mashina xarid qildi. Aktyorning ushbu quvonchli lahzalari aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muxlislar e’tiborini tortdi.

Kuzatuvchilar aktyorni yangi avtomobili bilan samimiy tabriklab, izohlarda “Qulluq bo‘lsin!” deya tilaklarini bildirmoqda. Ular san’atkorga yangi avtomobili muborak bo‘lishini, doimo yaxshiliklarga xizmat qilishini tilashmoqda.

Biz ham Muxtor Halimovni yangi avtomobili bilan tabriklab, «Qulluq bo‘lsin!» deymiz.

O‘xshash yangiliklar