Aktrisa Nargiza Abdullayeva ilk qo‘shig‘ini taqdim etishga tayyorlanmoqda (video)

Aktrisa Nargiza Abdullayeva endilikda qo‘shiqchilikda ham o‘zini sinab ko‘rmoqchi. San’atkor bu haqda Instagram sahifasida ma’lum qilib, ilk qo‘shig‘ini tez kunlarda muxlislariga taqdim etishini bildirdi.
Aktrisa sahifasiga joylangan videoda qo‘shiq matni muallifi, shoir Bahodir Nizomov yangi ijod namunasi qanday dunyoga kelgani haqida so‘zlab bergan.
Uning aytishicha, avval Nargiza Abdullayevaga qo‘shiq kuylab ko‘rishni taklif qilgan. Aktrisa esa shoir unga she’r yozib berishga rozi bo‘lsa, albatta kuylashini bildirgan.
Shundan so‘ng Bahodir Nizomov aktrisadan turmush o‘rtog‘i bilan qanday sevishishini so‘ragan. Nargiza Abdullayevaning «Yonib-yonib, kulib-kulib sevishamiz» degan javobi esa qo‘shiqning asosiy g‘oyasiga aylangan. Shoir aynan shu jumlalardan ilhomlanib, qo‘shiq matnini yozib bergan.
Videoda qo‘shiqdan qisqa parcha ham yangragan.
«Mana o‘sha sizga aytgan yangiligim. Qo‘llab-quvvatlaysizlar deb o‘ylayman», — deya yozib qoldirgan aktrisa.
Izohlarda kuzatuvchilar yangi qo‘shiqdan parcha ularga manzur bo‘lganini bildirmoqda. Ayrim muxlislar uning to‘liq versiyasi tezroq taqdim etilishini intiqlik bilan kutayotganini yozgan.



