Marvel «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» filmining yakuniy treylerini taqdim etdi (video)

Marvel Studios muxlislar intiqlik bilan kutayotgan «Qasoskorlar: Qiyomat kuni» (Avengers: Doomsday) filmining yakuniy treylerini namoyish etdi. Superqahramonlar haqidagi yangi filmning premyerasi 2026 yil 18 dekabrga belgilangan. Bu haqda Disney'ning rasmiy sahifasi xabar berdi.
Marvel olamining yirik loyihalaridan biri bo‘lgan ushbu filmda Qasoskorlar, Iks-odamlar va Fantastik to‘rtlik vakillari umumiy xavf — Doktor Dumga qarshi birlashadi. Shuningdek, filmda Vakanda qahramonlari ham ishtirok etadi.



