24.11.2026, Seshanba+15.7°CToshkentUSD12 002.93EUR13 156.41RUB146.74
+15.7°CToshkent$12 002.93 24.11.2026

«Science and Innovation Awards 2026» taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

Madaniyat 24.11.2026 10:09 0Zamin
«Science and Innovation Awards 2026» taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

19 dekabr kuni Toshkentda «Science and Innovation Awards 2026» taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Tadbir soat 17:00 da «Turkiston» san’at saroyida tashkil etiladi.

Marosimda O‘zbekistonning taniqli olimlari jam bo‘ladi. Unda «Yil olimlari» hamda «Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarni taqdirlash rejalashtirilgan.

Taqdirlash marosimidan so‘ng mehmonlar uchun katta konsert dasturi ham namoyish etiladi.

Tadbir tashkilotchisi «Science and Innovation» kompaniyasi hisoblanadi. Ishtirok etish istagida bo‘lganlar quyidagi havola orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin:

Ro‘yxatdan o‘tish: awards.science-innovation.org

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998 99 331 96 54.

O‘xshash yangiliklar