
Nishon va Mirzaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
Begmurod Akbarov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi. G‘ayratjon Hamroyev esa Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi bo‘ldi.

Begmurod Akbarov Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlandi. G‘ayratjon Hamroyev esa Qashqadaryo viloyatining Nishon tumani hokimi bo‘ldi.

APEX BANK 100 mlrd so‘mlik korporativ obligatsiyalar chiqarmoqda. Investorlarga yillik 19% kupon daromadi har uch oyda to‘lanadi. Obligatsiyalarni sotib olish uchun kamida 1 mlrd so‘mlik buyurtma berish kerak.

Farg‘onada 60 yoshli haydovchi Damas’da texnik tavsifnomada belgilanganidan ortiq — 20 nafar bolani tashigani aniqlandi. U yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Buxorodagi 100 ming gektar cho‘l yerlarni o‘zlashtirishga qo‘shimcha suv hajmi ajratilmaydi, deya ma’lum qildi cuv xo‘jaligi vaziri. Rasmiylar kollektor va yer osti suvlaridan foydalanish, kanallardagi yo‘qotishlarni kamaytirish hamda tomchilatib sug‘orishni joriy etmoqchi. Loyihaga Xitoy kompaniyasi qiziqish bildirgan.

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasidagi 'G‘ishtko‘prik' chegara bojxona posti 25-noyabr soat 16:00 dan ochiladi, deya ma’lum qildi Bojxona qo‘mitasi. Punkt 2025-yil fevral oyida yopilgandi. Uni bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlari 2022-yil noyabr oyida boshlangan.

O‘zbekiston Energetika vazirligi gaz qazib chiqarish hajmi qisqarayotgani va resurslar cheklangani sababli issiqxona xo‘jaliklariga gazni uzluksiz yetkazib berishni kafolatlay olmaydi. Tadbirkorlarga muqobil isitish tizimlariga o‘tish tavsiya qilindi, biroq ular hosilni yo‘qotish xavfi borligidan ogohlantirdi.

Prezidentning tegishli qarori bilan Abdumalik Nazirov energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar 'O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari' AJ boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

O‘zgidromet seshanba kuni Toshkent viloyatning bir qancha hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Umid Mamadaminov O‘zbekiston Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori etib tayinlandi. Bungacha u energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, undan avval esa vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Andijonda mijozlarning xalqaro o‘tkazmalariga mas’ul bank xodimi 3,2 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ni o‘zlashtirishda gumonlanmoqda. U pullarni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib, onlayn qimorga tikib yuborgan. Hozirda gumonlanuvchi qamoqqa olinib, ish sudga oshirilgan.

“Ramayana” va yana sakkizta yangi kinopremyeralar, The Music of Hans Zimmer konserti, “Kuzgi hikoya” musiqa festivali, “Biz kimmiz?” ko‘rgazmasi, Motsartning “Don Juan” opera spektakli, motomavsumning yopilishi, yana ko‘plab ko‘rgazmalar, spektakllar va boshqa tadbirlar.

Toshkent yo‘l harakatini tashkil etish markazi 'innovatsion' yechim — proyeksion piyodalar o‘tish joylarini sinovdan o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Gazeta nima uchun bu bahsli yechim ekanini batafsil tushuntiradi va O‘zbekiston shaharlari rasmiylarini ilmiy asoslanmagan bu usulni ommalashtirmaslikka chaqiradi.

Yangi hafta boshida O‘zbekistonda mavsumga xos bo‘lmagan issiq kuzatilib, harorat +29 darajagacha ko‘tariladi. Hafta o‘rtasidan esa havo salqinlashib, shimolda tunda -3 darajagacha sovuq tushadi. Yirik shaharlarda havoda PM2,5 zarrachalari ortishi mumkin.

BMTning Elektron hukumat tadqiqoti doirasidagi Mahalliy onlayn xizmatlar indeksida Toshkent 194 ta shahar orasida 37-o‘rinni egalladi. Ikki yilda poytaxt reytingi 58 pog‘onaga yaxshilandi. Hisobotda Toshkent shahri portali va murojaatlarni qabul qiluvchi 'Xalq nazorati' platformasi alohida qayd etildi.

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor Hindiston sohillari yaqinida dunyoning eng yirik aviatashuvchi kemalaridan biri — USS George Washington’da bo‘ldi. Mehmonlarga atom aviatashuvchisi va AQSh harbiy-havo kuchlari imkoniyatlari namoyish etildi.

Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning taklifiga binoan 23−24-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Amman shahrida muzokaralar, ikki mamlakat rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

2027-yildan o‘zbekistonliklar viloyat kengashlari sessiyalarida kuzatuvchi sifatida qatnasha oladi. Mahalliy deputatlarga esa budjet xarajatlarining 3−5 foizini o‘z tashabbuslariga yo‘naltirish imkoniyati va amaldorlar ustidan nazorat bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda.

22-noyabr kuni tunda Qarshi shahridagi ko‘p qavatli uyning 2-qavatida joylashgan xonadonda gaz-havo aralashmasi portladi. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan, yuzaga kelgan yong‘in qutqaruvchilar tomonidan o‘chirilgan.

19-noyabr kuni noqulay ob-havo sabab tayanchi qulab tushgan 500 kV kuchlanishli 'L-503' elektr uzatish tarmog‘idagi avariya bartaraf etildi. 22-noyabr kuni soat 01:21 da tarmoq qayta ishga tushirilib, u orqali elektr energiyasini uzatish tiklandi.

22-noyabr kunduz kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Toshkent shahrida esa shamol 3−8 m/s tezlikda esishi kutilmoqda.