
Uzbekistan Airways yangicha salonli oltinchi Airbus A321neo samolyotini qabul qilib oldi (foto)
Uzbekistan Airways oltinchi Airbus A321neo LR samolyotini qabul qildi. U Gamburgdagi zavoddan to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bilan keldi. Uning bu turdagi laynerlardan asosiy farqi — yangi ranglardagi (ko‘k o‘rniga qora va to‘q qizil) takomillashtirilgan salon hamda biznes klassdagi Full Flat Bed o‘rindiqlaridir.


















